Ash-Shahiyd (Guvoh, Kuzatuvchi) — O’z maxluqotlarini va ularning amallarini kuzatadigan va hech narsani e’tibordan chetda qoldirmaydigan, O’zining mavjudligi va ulug’ligini bandalari uchun ochiq-oydin qiladigan, barcha nizo va da’volarni kuzatadigan va haqlilarning guvohlari bo’lmasa, ularning haqligini tasdiqlaydigan Zot.
Qur’onda zikr qilinishi: 19 marta.
Dalil: Senga yetgan yaxshilik Allohdandir. Va senga yetgan yomonlik nafsingdandir. Biz seni odamlarga Payg’ambar qilib yubordik. Shohidlikka Allohning O’zi kifoya qilur. (Sura 4 «Niso», Oyat 79)