Al-Kabiyr (Ulug’, Eng Ulug’) — O’zining zoti, sifatlari, ishlari va martabasi bilan ulug’ va ulug’ligi bilan mutlaqo hamma narsadan ustun bo’lgan Zot. Al-Aziym va Al-Kabiyr ismlari ma’no jihatidan yaqin, ammo birinchisi Robbning va Uning sifatlarining ulug’vorligini hamda Uning yuksak martabasini ifodalasa, Al-Kabiyr ismida hech kim ulug’likda Alloh bilan raqobat qila olmasligiga urg’u beriladi.
Qur’onda zikr qilinishi: 6 marta.
Dalil: U zot g’oyibni ham, shohidni ham bilguvchidir. U buyukdir, yuksakdir. (Sura 13 «Ra'd», Oyat 9)