Allohning go'zal ismlari

Al-Muhiyt

Qamrab Oluvchi

المُحِيطُ

Al-Muhiyt (Qamrab Oluvchi) — barcha maxluqotlarni ilm, qudrat, kuch, rahmat va kamolotning boshqa sifatlari bilan qamrab oladigan Zot. Al-Halimiy yozadi: «Al-Muhiyt — Undan qochib qutulib bo’lmaydigan Zot va bu sifatga Allohdan boshqa hech kim ega emas. U Uning ilmi va qudratining kamolotini bildiradi va nodonlik va ojizlik kabi xususiyatlarni inkor etadi».

Qur’onda zikr qilinishi: 8 marta.

Dalil: Yoki xuddi osmondan yomg’ir yog’ib, qorong’u bosib, momaqaldiroq va chaqmoq chaqqanda, yashindan qochib, panjalarini quloqlariga tiqib, o’limdan ehtiyot bo’layotgan odamga o’xsharlar. Va Alloh kofirlarni o’rab oluvchidir. (Sura 2 «Baqara», Oyat 19)