Allohning go'zal ismlari

Al-Hayy

Tirik

الحَيُّ

Al-Hayy (Tirik) — eng mukammal va to’liq hayot bilan tirik bo’lgan, mavjudligi hech qanday sabab va shartga bog’liq bo’lmagan, na boshlanishi, na oxiri bo’lgan Zot. Uning hayotining kamoloti shundaki, U hech qachon hushyorligini yo’qotmaydi, charchamaydi, mudramaydi va uxlamaydi. Uning imkoniyatlari vaqt o’tishi bilan tugamaydi va U kuch to’plash uchun dam olishga muhtoj emas. Uning hayotining to’liqligi shundaki, U mutlaq qudrat, eshitish, ko’rish, ilm va boshqa ilohiy sifatlarga ega va xohlagan narsasini qila oladi.

Qur’onda zikr qilinishi: 5 marta.

Dalil: Alloh, Undan o’zga iloh yo’q. U tirikdir va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida O’zining iznisiz hech kim shafoat qila olmas. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar O’zi xohlaganini, xolos. Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan. U ularni muhofaza qilishdan charchamas. Va U Aliy va Aziym Zotdir. (Sura 2 «Baqara», Oyat 255)