Allohning go'zal ismlari

Al-Xobiyr

Xabardor

الخَبِیرُ

Al-Xobiyr (Xabardor) — O’z mulkida tinch turgan yoki harakatlanayotgan hamma narsadan xabardor, bandalarining barcha yashirin fikrlari, niyatlari va amallari O’ziga ma’lum, oldida yashirin va oshkora hamma narsa bir xil ochiq va yalang’och bo’lgan Zot. Bu ism ma’no jihatidan Al-Aliym (Biluvchi) go’zal ismiga yaqin, ammo keyingisi Xudoning umuman hamma narsani bilishini bildirsa, Al-Xobiyr ismida yashirin narsani, narsalarning mohiyati va tabiatini, odamlarning niyatlari va ichki fazilatlarini bilishga urg’u beriladi.

Qur’onda zikr qilinishi: 45 marta.

Dalil: Nabiy xotinlaridan ba’zisiga sir gap aytgan edi. Bas, u (sir)dan xabar berdi va Alloh u(ish)ni u(Nabiy)ga bildirdi. U ba’zisini bildirdi va ba’zisini eslamadi. Qachon u(Nabiy) ul(ayol)ga (ish) haqida xabar berganida, u: «Buni senga kim xabar qildi», dedi. U(Nabiy): «Menga hamma narsani biluvchi va hamma narsadan xabardor Alloh xabar berdi», dedi. (Sura 66 «Tahrim», Oyat 3)