Sajda oyatlari

7:206

A'rof 7.206To'siqlar · Juz 9

إِنَّ ٱلَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَيُسَبِّحُونَهُۥ وَلَهُۥ يَسْجُدُونَ ۩‮٢٠٦‬‬‬
Sodiq
Robbing huzuridagilar, albatta, Uning ibodatidan mutakabbirlik qilmaslar, Uni poklab yod etadilar va Unga sajda qilarlar.
13:15

Ra'd 13.15Momaqaldiroq · Juz 13

وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ طَوْعًا وَكَرْهًا وَظِلَٰلُهُم بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْـَٔاصَالِ ۩‮١٥‬‬‬
Sodiq
Allohga osmonlaru yerlardagi kimsalar va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech sajda qilurlar.[1]

[1] «Osmonlardagi kimsalar» farishtalar va yana ularga o`xshagan-o`xshamagan yoki umuman boshqa maxluqlar bo`lishi mumkin. «Erdagi kimsalar» deganda esa, insonlar va jinlar tushuniladi. Ularning hammasi, xohlasalar ham, xohlamasalar ham, Alloh taologa sajda qiladilar, Unga taslimdirlar, U joriy etgan qonunlarga bo`yinsunib yashaydilar. Nafaqat ularning jasadlari, balki soyalari ham Allohning amriga ertayu kech bo`yinsunadilar — sajda qiladilar. Birorta soya o`z egasining xohishiga binoan tushmaydi, uning xohlaganicha ham bo`lmaydi.)
16:50

Nahl 16.50Asalari · Juz 14

يَخَافُونَ رَبَّهُم مِّن فَوْقِهِمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ ۩‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Ular ustilaridagi Robbilaridan qo`rqurlar va o`zlariga amr qilingan narsalarni qilurlar.
17:109

Isro 17.109Tungi sayohat · Juz 15

وَيَخِرُّونَ لِلْأَذْقَانِ يَبْكُونَ وَيَزِيدُهُمْ خُشُوعًا ۩‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Va yuzlari ila yiqilib yig`larlar va u xokisorliklarini ziyoda qilur.
19:58

Maryam 19.58Maryam · Juz 16

أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ مِن ذُرِّيَّةِ ءَادَمَ وَمِمَّنْ حَمَلْنَا مَعَ نُوحٍ وَمِن ذُرِّيَّةِ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْرَٰٓءِيلَ وَمِمَّنْ هَدَيْنَا وَٱجْتَبَيْنَآ ​ۚ إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُ ٱلرَّحْمَٰنِ خَرُّواْ سُجَّدًا وَبُكِيًّا ۩‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar, Alloh ne'mat bergan zotlar Payg`ambarlardan, Odam zurriyotidan, Nuh bilan birga (kemada) ko`targanlarimizdan, Ibrohim va Isroilning zurriyotidan, o`zimiz hidoyat qilgan va tanlab olganlardandir. Ularga Rohmanning oyati tilovat qilinsa, yig`lab sajdaga yiqilardilar.
22:18

Haj 22.18Haj · Juz 17

أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَسْجُدُ لَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ وَٱلنُّجُومُ وَٱلْجِبَالُ وَٱلشَّجَرُ وَٱلدَّوَآبُّ وَكَثِيرٌ مِّنَ ٱلنَّاسِ ​ۖ وَكَثِيرٌ حَقَّ عَلَيْهِ ٱلْعَذَابُ ​ۗ وَمَن يُهِنِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّكْرِمٍ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يَشَآءُ ۩‮١٨‬‬‬
Sodiq
Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar, quyosh, oy, yulduzlar, tog`lar, daraxtlar, jonivorlar va odamlardan ko`plari, albatta, Allohga sajda qilishini ko`rmaysanmi? Ko`plariga esa, azob haq bo`ldi. Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi bo`lmas. Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladir.[1]

[1] Demak, dunyodagi barcha mavjudot Alloh taologa sajda qiladi. Ularning qanday sajda qilishini Allohning O`zi biladi. «Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar Allohga sajda qiladi», deb qo`yilsa, kifoya edi, butun borliqning sajda qilishi tushunaverilar edi. Lekin ba'zi maxluqlar alohida qayd etildi, chunki ba'zi odamlar o`sha maxluqlarga — quyosh, oy va yulduzlarga sajda qiladilar. Oyatda o`sha narsalarning Allohga sajda qilishini ta'kidlashdan maqsad ular xudo bo`la olmasligini yana bir bor ta'kidlashdir. Butun borliq hech bir istisnosiz Allohga sajda qilayotgani aytilgan bo`lsa ham, odamlarga kelganda, «ko`plari» sajda qilmasliklariga ishora etilmoqda. Ha, faqat odam bolasigina Allohga isyon qiladi. Allohga sajda qilmagani uchun, kofir bo`lgani uchun ularga azob haq bo`ldi. Allohning azobiga duchor bo`lganlar ikki dunyoda xordir.)
22:77

Haj 22.77Haj · Juz 17

يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱرْكَعُواْ وَٱسْجُدُواْ وَٱعْبُدُواْ رَبَّكُمْ وَٱفْعَلُواْ ٱلْخَيْرَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ ۩‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, ruku', sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.
25:60

Furqon 25.60Haq-nohaqni ajratuvchi · Juz 19

وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱسْجُدُواْ لِلرَّحْمَٰنِ قَالُواْ وَمَا ٱلرَّحْمَٰنُ أَنَسْجُدُ لِمَا تَأْمُرُنَا وَزَادَهُمْ نُفُورًا ۩‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Qachonki ularga: «Rohmanga sajda qilinglar!» deyilsa, ular: «Rohman nima? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar. Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur.
27:26

Naml 27.26Chumolilar · Juz 19

ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ ۩‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Alloh — Undan o`zga hech qanday iloh yo`q Zotdir. U ulug` arshning Robbidir», dedi.
32:15

Sajda 32.15Sajda · Juz 21

إِنَّمَا يُؤْمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُواْ بِهَا خَرُّواْ سُجَّدًا وَسَبَّحُواْ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ ۩‮١٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, Bizning oyatlarimizga ular-la eslatma berilganda sajdaga yiqiladigan, Robbilariga hamd ila tasbih aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar.[1]

[1] Ya'ni, Allohning oyatlari tilovat qilingan chog`da ta'sirlanib, qalblari erib, ixloslari ortib, Allohni ulug`lab sajdaga yiqiladigan odamlargina oyatlarga iymon keltirar ekanlar.)
38:24

Sod 38.24Sod · Juz 23

قَالَ لَقَدْ ظَلَمَكَ بِسُؤَالِ نَعْجَتِكَ إِلَىٰ نِعَاجِهِۦ ​ۖ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلْخُلَطَآءِ لَيَبْغِى بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَقَلِيلٌ مَّا هُمْ ​ۗ وَظَنَّ دَاوُۥدُ أَنَّمَا فَتَنَّٰهُ فَٱسْتَغْفَرَ رَبَّهُۥ وَخَرَّ رَاكِعًا وَأَنَابَ ۩‮٢٤‬‬‬
Sodiq
U: «Darhaqiqat, sening sovlig`ingni so`rab, o`z sovliqlariga (qo`shish) bilan senga zulm qilibdi. Albatta, ko`p sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Magar iymon keltirib, solih amal qilganlargina (qilmaslar). Ular juda ham oz», dedi. Va Dovud Biz uni sinaganimizni bildi-da, tezda Robbiga istig`for aytib, sajdaga yiqildi va tavba qildi.
41:38

Fussilat 41.38Batafsil bayon qilingan · Juz 24

فَإِنِ ٱسْتَكْبَرُواْ فَٱلَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ يُسَبِّحُونَ لَهُۥ بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَهُمْ لَا يَسْـَٔمُونَ ۩‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Agar ular mutakabbirlik qilsalar. Robbingning huzuridagilar Unga kechasiyu kunduzi tasbih ayturlar. Ular malol olmaslar.
53:62

Najm 53.62Yulduz · Juz 27

فَٱسْجُدُواْ لِلَّهِ وَٱعْبُدُواْ ۩‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Bas, Allohga sajda qilinglar va ibodat qilinglar.
84:21

Inshiqoq 84.21Yorilish · Juz 30

وَإِذَا قُرِئَ عَلَيْهِمُ ٱلْقُرْءَانُ لَا يَسْجُدُونَ ۩‮٢١‬‬‬
Sodiq
Va agar ularga Qur'on o`qilsa, sajda qilmaslar.[1]

[1] Kimki bu oyatlarni o`qib yoki eshitib sajda qilmagan odam gunohkor bo`ladi.)
96:19

Alaq 96.19Laxta qon · Juz 30

كَلَّا لَا تُطِعْهُ وَٱسْجُدْ وَٱقْتَرِب ۩‮١٩‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil.[1]

[1] Ushbu oyat sajda oyatlaridandir. Imom Muslim ulkan sahobiy Abu Hurayra roziyollohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam «Banda Allohga eng yaqin bo`lgan payti — sajda paytidir, u paytda duoni ko`p qilinglar», deganlar.)